Asosiy tarkibga oʻtish
Istanbul EKU Markazi

EKU qanday kechadi

Bitta toʻliq sikl 4-6 hafta. Quyida har bosqich, u qancha davom etishi va nima his qilishingiz yozilgan.

EKU qanday kechadi

Bitta toʻliq sikl 4-6 hafta va sakkiz bosqichdan iborat. Har bosqichda nima boʻlishini oldindan bilasiz.

  1. 01

    Tibbiy koʻrik

    1 kun

    EKU muolajasida birinchi bosqich bu tibbiy koʻrik hisoblanadi. EKU boʻyicha shifokorimiz boʻlajak ota-onalarning oʻtmishdagi hikoyasini tinglaydi.

    Ayol ultratovush yordamida tekshiriladi, antral follikullar soni baholanadi. Ayolga / Erkakka dastlabki maʼlumotlar beriladi.

    Bu barcha maʼlumotlardan kelib chiqqan holda, EKU muolajasi individuallashtiriladi va tegishli davolash boshlanadi.

    • Bepushtlikning sabablari
    • Qoʻllaniladigan muolajalar
    • Davolashning muvaffaqiyati koʻrsatkichlari

    Nima his qilasizSuhbat. Hech qanday muolaja yoʻq.

  2. 02

    Tuxumdonlar stimulyatsiyasi

    8-12 kun

    EKU muolajasida ayol hayz davrining 2 yoki 3-kunidan boshlab stimulyatsiya qilish jarayoni boshlanadi.

    Hayz koʻrishning 2-4 kuni. Kundalik dastlabki ultratovush tekshiruvi oʻtkazilib, qonda estradiol va progesteron darajasi tekshirilgandan soʻng, tuxum hujayrasini oʻstirish inʼektsiyasi boshlanadi.

    Tuxum hujayralarini yeltiltirish har bemorda farq qiladi, oʻrtacha 8-12 kun davom etadi.

    Ushbu bosqich oxirida, diametri 17 mm dan ortiq boʻlgan follikula boʻlsa, biz yorilish ignasini qoʻllaymiz.

    Nima his qilasizKuniga bitta ukol. Oʻzingiz qilishingiz mumkin.

  3. 03

    Tuxum hujayralarini yigʻish

    15-20 daqiqa

    EKU muolajasining keyingi bosqichi ayolda tuxum hujayraslarni yigʻishdir.

    Tuxum hujayralarini yigʻishni yorilish ignasi vaqtidan 34-36 soat oʻtgach rejalashtiriladi.

    Bu jarayon yengil umumiy anestiziya ostida oʻtkaziladi va mutlaqo ogʻriqsiz protsedura hisoblanadi.

    Tuxum hujayralarini yigʻish har doim vaginal ultratovush tekshiruvi ostida amalga oshiriladi.

    Vaginal ultratovush yordamida igna kiritiladi va tuxumdonlarda rivojlangan har bir tuxum hujayralariga (follikula) birma-bir kiritiladi va aspirator yordamida maxsus idishga olinadi.

    U maxsus idish darhol laboratoriyaga beriladi va tuxum bor-yoʻqligini aniqlash uchun mikroskop ostida embriolog tomonidan tekshiriladi.

    Baʼzan, birinchi aspiratsiya paytida follikuladan tuxum olish mumkin boʻlmasa, follikulaning ichki qismi maxsus suyuqlik bilan yuviladi va qolgan tuxum hujayralarini olishga harakat qilinadi.

    Tuxum hujayrasini yigʻish taxminan 15-20 daqiqa davom etadi va bemor 1-1.5 soat dam olgandan soʻng uyga ketishi mumkin boʻladi.

    EKU da erkakdan urugʻ qanday olinadi?

    Azospermiya boʻlmagan erkaklarda tuxum yigʻish kunida hech qanday moylash jeli, krem ​​va hokazolarni ishlatmasdan (oldindan 3-6 kun jinsiy aloqadan voz kechilgan holda) urugʻ topshitishini xohlaymiz. Azospermiya bilan ogʻrigan erkaklarda sperma tuxum yigʻilishidan 1 kun oldin microTESE / PESA / TESA usullari bilan olinishi mumkin.

    Mikroinʼektsiya (ICSI) Nima?

    Mikroinʼektsiya, yaʼni ICSI (Intratsitoplazmatik Sperma Inʼektsiyasi) - erkak va ayol bilan bogʻliq bepushtlik holatlarida qoʻllaniladigan samarali davolash usuli. Ushbu jarayonda, laboratoriya sharoitida spermatozoid toʻgʻridan-toʻgʻri tuxum hujayraning ichiga kiritiladi.

    Nima his qilasizOgʻriqsiz. 1-1.5 soatdan keyin uyga ketasiz.

  4. 04

    Mikroinʼektsiya

    Oʻsha kuni

    Istanbul EKU Markazida urugʻlantirish mikroinʼektsiya (intrasitoplazmik sperma inʼektsiyasi; ICSI) orqali amalga oshiriladi.

    Spermatozoid muammolari va sababsiz bepushtlik holatlarida ICSI afzal koʻrilsa-da, biz markazimizda barcha holatlarda ICSI usulini qoʻllaymiz.

    ICSIda avval tuxum hujayrasi atrofidagi kulrang hujayralar tozalanadi va mikroinʼektsiyaga tayyor boʻladi.

    Keyin har bir yetuk tuxum hujayrasiga erkak urugʻ hujayrasi yuboriladi.

    Nima his qilasizLaboratoriyada. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi.

  5. 05

    Urugʻlantirish

    16 soat

    Sogʻlom urugʻlantirish mikroinʼektsiyadan keyingi 16 soatda mikroskop orqali baholanadi.

    Sogʻlom urugʻlantirilgan tuxum hujayralar mikroskop ostida ikkita yadro (2 ta yadro; 2 PN) hosil qilish uchun kuzatiladi.

    Urugʻlanish sodir boʻlmagan tuxum hujayralarda yadro kuzatilmaydi (0 yadro; 0 PN).

    Nosogʻlom urugʻlantirishlar 1 yadro (1 PN) yoki 3 yadro (3 PN) sifatida ham kuzatiladi.

    Nima his qilasizNatijani telefon orqali bildiramiz.

  6. 06

    Embrion sifatini baholash

    5 kun

    Urugʻlantirilgandan keyingi kun embrionlar boʻlinish holati baholanadi.

    Soʻngra, embrionlar soni va sifatiga qarab, blastotsitar monitoring uchun qoldirilgan embrionlar 3-, 5- va 6-kunlarda baholash oʻtkaziladi.

    Tuxum hujayralari yigʻilgandan 5 kun oʻtgach embrionlar haqida bemorlarga maʼlumot beriladi, (5-kun, blastotsist bosqichidagi embrionlar) yoki 3 kunlik embrionlarni muzlatish amalga oshiriladi.

    Nima his qilasizEng uzun kutish. Biz har kuni xabar beramiz.

  7. 07

    Embrion transferi

    5-10 daqiqa

    EKU da ayolning bachadoniga embrionlarni joylashtirish bosqichi odatda tayyorgarlik bilan birga oʻrtacha 5- 10 daqiqa davom etadi.

    Embrion transferi qanday amalga oshiriladi:

    1. Tayyorgarlik: Bemor organizmining muolajaga tayyorligiga ishonch hosil qilish uchun bir qator tahlillardan oʻtadi. Baʼzi hollarda endometriyani (bachadon ichki pardasini) ragʻbatlantirish uchun gormonal preparatlar qabul qilish talab qilinishi mumkin.

    2. Jarayon: Transfer ultratovush nazorati ostida amalga oshiriladi. Maxsus ingichka kateter qin orqali bachadonga kiritiladi, embrion esa ehtiyotkorlik bilan bachadon boʻshligʻiga oʻtkaziladi.

    3. Muolajadan soʻng: Bemor bizning kuzatuvimiz ostida bir necha soat dam oladi va uyiga ketishga ruhsat beriladi. Uyida 1-2 kun davomida yotoq rejimida boʻlishni tavsiya qilamiz, 3-kuni esa oʻzining kundalik ishlarini ehtiyotkorlik bilan bajarishi mumkin.

    Nima his qilasizOgʻriqsiz. Bir necha soat dam olasiz.

  8. 08

    EKU da homiladorlik testi

    10-12 kun

    EKU bosqichlarining oxirgisi boʻlgan homiladorlik testi transfer kunidan 10-12 kun oʻtgach amalga oshiriladi.

    Homilador boʻlgan bemorlarda qon homiladorlik testi 2 kunlik interval bilan tekshiriladi.

    Homiladorlik testi koʻrsatkichi har 2 kunda taxminan ikki baravar oʻsishi normal hisoblanadi.

    Nima his qilasizKutishning eng ogʻir qismi. Yolgʻiz emassiz.

Testdan keyin nima boʻladi

EKU homiladorlik bilan tugamaydi. Qirq haftalik yoʻlning har bosqichida nimaga eʼtibor berish kerakligini oldindan bilasiz.

Birinchi trimestr

0.4 kg - 2.0 kg

  1. 4-hafta

    Sogʻlom ovqatlanish, muntazam shifokor koʻrigi, ogʻir jismoniy yuklamadan saqlanish.

  2. 9-hafta

    Folat kislotasi davom etadi. Oqsil va temirga boy ovqatlanish.

  3. 13-hafta

    Kofeinni kamaytirish. Piyoda yurish kabi yengil harakat.

Ikkinchi trimestr

2.0 kg - 8.0 kg

  1. 18-hafta

    Temir va kalsiyga eʼtibor. Ovqatlanish rejimini saqlash.

  2. 22-hafta

    Bel ogʻrigʻi va oyoq shishi kuzatiladi. Oyoqni baland qilib dam olish.

  3. 27-hafta

    Qon bosimini nazorat qilish. Chap tomonlama yotish qon aylanishini yaxshilaydi.

Uchinchi trimestr

8.0 kg - 13.6 kg

  1. 31-hafta

    Tugʻruq belgilarini kuzatish. Tugʻruq rejasini tayyorlash.

  2. 36-hafta

    Kasalxonaga kerakli narsalarni oldindan yigʻish.

  3. 40-hafta

    Shifokor bilan doimiy aloqada boʻlish.

Birinchi qadam - suhbat

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz.