ToshkentOp. Dr.
Fethiye Ersan
Reproduktolog, akusher-ginekolog
Turkcha, Ruscha, Fransuzcha


Turkiyalik reproduktologlar, oʻz embriologiya laboratoriyamiz va uchta klinika. Birinchi koʻrikdayoq sizga real ehtimolingizni aytamiz.
Klinika hisoboti
Rasmiy ruxsatnoma
Toshkent · Samarqand · Urganch
Reproduktolog va embriolog
Koʻpchilik shu savol bilan keladi. Uch yoʻldan oʻzingizga mosini tanlang.
Bitta toʻliq sikl 4-6 hafta va sakkiz bosqichdan iborat. Har bosqichda nima boʻlishini oldindan bilasiz.
EKU muolajasida birinchi bosqich bu tibbiy koʻrik hisoblanadi. EKU boʻyicha shifokorimiz boʻlajak ota-onalarning oʻtmishdagi hikoyasini tinglaydi.
Ayol ultratovush yordamida tekshiriladi, antral follikullar soni baholanadi. Ayolga / Erkakka dastlabki maʼlumotlar beriladi.
Nima his qilasizSuhbat. Hech qanday muolaja yoʻq.

EKU muolajasida ayol hayz davrining 2 yoki 3-kunidan boshlab stimulyatsiya qilish jarayoni boshlanadi.
Hayz koʻrishning 2-4 kuni. Kundalik dastlabki ultratovush tekshiruvi oʻtkazilib, qonda estradiol va progesteron darajasi tekshirilgandan soʻng, tuxum hujayrasini oʻstirish inʼektsiyasi boshlanadi.
Nima his qilasizKuniga bitta ukol. Oʻzingiz qilishingiz mumkin.

EKU muolajasining keyingi bosqichi ayolda tuxum hujayraslarni yigʻishdir.
Tuxum hujayralarini yigʻishni yorilish ignasi vaqtidan 34-36 soat oʻtgach rejalashtiriladi.
Nima his qilasizOgʻriqsiz. 1-1.5 soatdan keyin uyga ketasiz.

Istanbul EKU Markazida urugʻlantirish mikroinʼektsiya (intrasitoplazmik sperma inʼektsiyasi; ICSI) orqali amalga oshiriladi.
Spermatozoid muammolari va sababsiz bepushtlik holatlarida ICSI afzal koʻrilsa-da, biz markazimizda barcha holatlarda ICSI usulini qoʻllaymiz.
Nima his qilasizLaboratoriyada. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi.

Sogʻlom urugʻlantirish mikroinʼektsiyadan keyingi 16 soatda mikroskop orqali baholanadi.
Sogʻlom urugʻlantirilgan tuxum hujayralar mikroskop ostida ikkita yadro (2 ta yadro; 2 PN) hosil qilish uchun kuzatiladi.
Nima his qilasizNatijani telefon orqali bildiramiz.

Urugʻlantirilgandan keyingi kun embrionlar boʻlinish holati baholanadi.
Soʻngra, embrionlar soni va sifatiga qarab, blastotsitar monitoring uchun qoldirilgan embrionlar 3-, 5- va 6-kunlarda baholash oʻtkaziladi.
Nima his qilasizEng uzun kutish. Biz har kuni xabar beramiz.

EKU da ayolning bachadoniga embrionlarni joylashtirish bosqichi odatda tayyorgarlik bilan birga oʻrtacha 5- 10 daqiqa davom etadi.
Embrion transferi qanday amalga oshiriladi:
Nima his qilasizOgʻriqsiz. Bir necha soat dam olasiz.

EKU bosqichlarining oxirgisi boʻlgan homiladorlik testi transfer kunidan 10-12 kun oʻtgach amalga oshiriladi.
Homilador boʻlgan bemorlarda qon homiladorlik testi 2 kunlik interval bilan tekshiriladi.
Nima his qilasizKutishning eng ogʻir qismi. Yolgʻiz emassiz.

Oʻzbekistondagi klinikalarning deyarli hech biri muvaffaqiyat koʻrsatkichini eʼlon qilmaydi. Biz qilamiz - va qanday hisoblanganini ham aytamiz.
Klinikamiz koʻrsatkichi
Klinika hisoboti asosida, barcha yosh guruhlari boʻyicha umumiy koʻrsatkich.
Yuqoridagi oraliqlar - Turkiya va xalqaro klinikalarning eʼlon qilingan koʻrsatkichlari. Ular sizga real kutilmani belgilashga yordam beradi. Aniq ehtimolingiz AMG, antral follikula soni va erkak omiliga bogʻliq holda birinchi koʻrikda aytiladi.
Holatlarning taxminan uchdan bir qismi ayol, uchdan biri erkak, qolgani ikkalasi bilan bogʻliq. Shuning uchun ikkalangiz ham tekshiriladi.
Spermada spermatozoid umuman topilmasa ham yechim bor: Mikro TESE usulida moyak toʻqimasidan mikroskop ostida izlanadi.
Yigirmadan ortiq usul. Qaysi biri kerakligini birinchi koʻrikdagi tahlillar hal qiladi, ilgari emas.

EKU siklining oʻzagi. Har bir bemorga protokol alohida tanlanadi.

Erkak omili boʻyicha jarrohlik va laboratoriya yechimlari.

Embrion koʻchirilishidan oldin xromosoma va gen tekshiruvlari.

Nega oldingi urinishlar natija bermaganini aniqlash.

Endoskopik va ginekologik aralashuvlar.
Turkiyalik reproduktologlar va embriologlar, doimiy ravishda Oʻzbekistondagi klinikalarimizda.
ToshkentOp. Dr.
Reproduktolog, akusher-ginekolog
Turkcha, Ruscha, Fransuzcha
ToshkentOp. Dr.
Reproduktiv tibbiyot mutaxassisi
Turkcha, Inglizcha
SamarqandOp. Dr.
Akusher-ginekolog
Turkcha, Inglizcha
ToshkentOp. Dr.
Reproduktolog, ginekolog
Oʻzbekcha, Ruscha
ToshkentEmbriolog
Klinik embriolog
Turkcha, Inglizcha
SamarqandEmbriolog
Klinik embriolog
Turkcha, Ruscha
UrganchEmbriolog
Klinik embriolog, 16 yillik tajriba
Turkcha
Viloyatlardan keladigan bemorlar uchun koʻriklar bir necha kunga zichlashtiriladi. Kelishdan oldin qoʻngʻiroq qiling.


Mir Said Baraka koʻchasi 89, 140100
+998 95 061 61 61

Al-Xorazmiy koʻchasi 90/2, 220100, Xorazm
+998 90 826 22 24
EKU homiladorlik bilan tugamaydi. Qirq haftalik yoʻlning har bosqichida nimaga eʼtibor berish kerakligini oldindan bilasiz.

Birinchi trimestr
0.4 kg - 2.0 kg
4-hafta
Sogʻlom ovqatlanish, muntazam shifokor koʻrigi, ogʻir jismoniy yuklamadan saqlanish.
9-hafta
Folat kislotasi davom etadi. Oqsil va temirga boy ovqatlanish.
13-hafta
Kofeinni kamaytirish. Piyoda yurish kabi yengil harakat.

Ikkinchi trimestr
2.0 kg - 8.0 kg
18-hafta
Temir va kalsiyga eʼtibor. Ovqatlanish rejimini saqlash.
22-hafta
Bel ogʻrigʻi va oyoq shishi kuzatiladi. Oyoqni baland qilib dam olish.
27-hafta
Qon bosimini nazorat qilish. Chap tomonlama yotish qon aylanishini yaxshilaydi.

Uchinchi trimestr
8.0 kg - 13.6 kg
31-hafta
Tugʻruq belgilarini kuzatish. Tugʻruq rejasini tayyorlash.
36-hafta
Kasalxonaga kerakli narsalarni oldindan yigʻish.
40-hafta
Shifokor bilan doimiy aloqada boʻlish.
Klinikalarimiz ichidan va homiladorlikning har haftasi haqida qisqa videolar.
Bitta toʻliq sikl odatda 4-6 hafta davom etadi: stimulyatsiya 8-12 kun, keyin tuxum yigʻish, 5 kun embrion oʻsishi va transfer. Test transferdan 10-12 kun oʻtib olinadi.
Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz va birinchi koʻrik uchun vaqt belgilaymiz.
Yoki yozing: [email protected]