Ushbu sahifada
Bepushtlik Nima?
Farzand koʻrish istagida boʻlgan lekin homiladorlikdan saqlovchi vositalarsiz jinsiy aloqa qilganiga qaramay farzand koʻra olmagan juftliklarning koʻpi “Men bepushtmanmi?” deb oʻylaydi. Ayolning yoshi 35dan kichik boʻlsa 1 yil 35dan katta boʻlsa 6 oy homiladorlikdan saqlovchi vositalarsiz jinsiy aloqa qilgan taqdirda ham homilador boʻlmasa bu ayolga (bepushtlik) tashxisini qoʻyish mumkin. Farzand koʻrish niyatida boʻlganlar uchun qilingan barcha harakatlar zoe ketgan taqdirda bepushtlikni davolash uchun vaqt oʻtkazmasdan mutaxassisga murojaat qilish darkor.
Homiladorlikni rejalashtirilgan juftlikning bajarishi kerak boʻlgan ishlar roʻyxatida birinchi navbatda ayol va erkakning jismoniy sogʻlomligini birgalikda koʻrib chiqilishi turadi. Reproduktiv salomatlikka taʼsir koʻrsatuvchi faktorlarni tushunish nihoyatda muhim oʻrin tutadi. Oʻrganish va tushunib yetish orqali ham tabiiy yoʻllar bilan hamda yordamchi yoʻllar bilan homilador boʻlish ehtimoli ortadi.
Bepusthlikning Sabablari Nimalar?
Bepushtlik sabablarining 45% erkaklardan, 45% esa ayollardan kelib chiqadi. Qolgan 10% esa tushuntirib boʻlmaydigan bepushtlikdir.
Erkak bepushtligining bir necha xil sabablari mavjud. Genetik (irsiy) muammolar, tugʻilganligida yuz bergan anomaliyalar, gormonal sabablar, kimyoviy faktorlar, yalligʻlanishga bogʻliq kasalliklar, azoospermiya, varikosele va jarrohlik operatsiyalari bepushtlikning asosiy sabablari hisoblanadi.
Ayol bepushtligining sabablariga esa umumiy chegaralarda: ovulyatsiya buzilishi, polikistik tuxumdon sindromi, naychalarning bloklanishi yoki zararlangan boʻlishi, endometrioz, yosh kattaligi, bachadon boʻyniga doir muammolar va vaginismus kasalligini koʻrsatish mumkin.
Bepushtlikning Belgilari Nimalar?
Ayol kishiga bogʻliq bepushtlik koʻpinchi hayz holatidagi qon kelishi buzilishi bilan namoyon boʻladi. Agar ikki hayz muddati orasidagi vaqt 21 kundan oz yoki 35 kundan koʻp boʻlsa ovulyatsiya buzilishi haqida gapirish mumkin boʻladi va bu holat bepushtlikka olib kelishi mumkin.
Erkak bepushtligi esa hech qanday belgilarsiz boʻlishi mumkin. Siydik chiqarilayotgan paytda achishish yoki suyuqlik oqib qolishi birlamchi tashxis sifatida koʻrilishi mumkin. Lekin aniq tashxis uchun spermogramma (urugʻ tahlili) amalga oshirish kerak. Ikki kundan yetti kungacha jinsiy aloqadan parhez qilib undan soʻng amalga oshirilgan spermogramma natijasida sperma miqdori, harakatliligi va morfologiyasi haqida maʼlumot olish mumkin. Test natijasiga koʻra bemorga kerakli muolaja programmasini boshlash mumkin boʻladi.
Bepushtlik Muolajasi Qanday Amalga Oshiriladi?
Farzand koʻrish uchun muolaja boshlamoqchi boʻlgan juftlik sunʼiy urugʻlantirish markaziga murojaat qilishi kerak. Sunʼiy urugʻlantirish markazini tanlashda shifokorlarning tajribasi va markazning muvaffaqiyat koʻrsatkichlariga eʼtiborni qaratish nihoyat darajada mühimdir. Agar muolaja uchun Bahcheji Sunʼiy Urugʻlantirish Markazini tanlasangiz shifokorimiz siz bilan oldin suhbatladi va undan soʻng kerakli tekshiruvlar boshlanadi. Amalga oshiriladigan bir necha testlar natijasi tekshiriladi. Markazimizda har bir juftlikning muammolari har xil nuqtai nazardan kelib chiqqan holatda koʻrib chiqiladi va bunga koʻra “individual” muolaja programmalari qoʻllaniladi.
Bahcheji Sunʼiy Urugʻlantirish Markazi sifatida 24 yillik professionalligimiz va 70.000dan ortiq sogʻlom farzandni dunyoga kelishiga sababchi boʻlgan sunʼiy urugʻlantirish tajribamiz bilan Yevropa standartlaridan yuqorida muvaffaqiyat koʻrsatkichiga egamiz. Bepushtlik muolajasi bilan bogʻliq savollaringizni joʻnatish, narx va jarayon haqida batafsil maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlanish formasini toʻldiring va biz sizga qoʻngʻiroq qilamiz.
Bepushtlik muolajasi uchun qoʻllaniladigan muolaja metodlarimiz quyidagilardan iboratdir:
Bachadonni Dam Oldirish
Sunʼiy urugʻlantirish (ıvf)
Ilmiy Urugʻlantirish (Emlash) (IUI)
Mikro Inyeksiya (ICSI)
Embrion Muzlatish
Sperma Muzlatish
Tuxum hujayrani (Oosit) Muzlatish
Bu usul sizga mos keladimi?
Qaysi usul kerakligini tahlillar hal qiladi, oldindan emas. Birinchi koʻrikdan keyin sizga aniq reja taklif qilinadi.
Shifokor bilan gaplashish
