Asosiy tarkibga oʻtish
Istanbul EKU Markazi

Sizning orzularingiz —bizning haqiqatimiz

Turkiyalik reproduktologlar, oʻz embriologiya laboratoriyamiz va toʻrtta klinika. Birinchi koʻrikdayoq sizga real ehtimolingizni aytamiz.

Muvaffaqiyat darajasi
0%
Klinika hisoboti
Litsenziya olingan yil
0
Rasmiy ruxsatnoma
Klinika
0
Toshkent · Samarqand · Urganch · Xoʻjand
Mutaxassis
0
Reproduktolog va embriolog

EKU qanday kechadi

Bitta toʻliq sikl 4-6 hafta va sakkiz bosqichdan iborat. Har bosqichda nima boʻlishini oldindan bilasiz.

  1. 01

    Tibbiy koʻrik

    1 kun

    EKU muolajasida birinchi bosqich bu tibbiy koʻrik hisoblanadi. EKU boʻyicha shifokorimiz boʻlajak ota-onalarning oʻtmishdagi hikoyasini tinglaydi.

    Ayol ultratovush yordamida tekshiriladi, antral follikullar soni baholanadi. Ayolga / Erkakka dastlabki maʼlumotlar beriladi.

    • Bepushtlikning sabablari
    • Qoʻllaniladigan muolajalar
    • Davolashning muvaffaqiyati koʻrsatkichlari

    Nima his qilasizSuhbat. Hech qanday muolaja yoʻq.

  2. 02

    Tuxumdonlar stimulyatsiyasi

    8-12 kun

    EKU muolajasida ayol hayz davrining 2 yoki 3-kunidan boshlab stimulyatsiya qilish jarayoni boshlanadi.

    Hayz koʻrishning 2-4 kuni. Kundalik dastlabki ultratovush tekshiruvi oʻtkazilib, qonda estradiol va progesteron darajasi tekshirilgandan soʻng, tuxum hujayrasini oʻstirish inʼektsiyasi boshlanadi.

    Nima his qilasizKuniga bitta ukol. Oʻzingiz qilishingiz mumkin.

  3. 03

    Tuxum hujayralarini yigʻish

    15-20 daqiqa

    EKU muolajasining keyingi bosqichi ayolda tuxum hujayraslarni yigʻishdir.

    Tuxum hujayralarini yigʻishni yorilish ignasi vaqtidan 34-36 soat oʻtgach rejalashtiriladi.

    Nima his qilasizOgʻriqsiz. 1-1.5 soatdan keyin uyga ketasiz.

  4. 04

    Mikroinʼektsiya

    Oʻsha kuni

    Istanbul EKU Markazida urugʻlantirish mikroinʼektsiya (intrasitoplazmik sperma inʼektsiyasi; ICSI) orqali amalga oshiriladi.

    Spermatozoid muammolari va sababsiz bepushtlik holatlarida ICSI afzal koʻrilsa-da, biz markazimizda barcha holatlarda ICSI usulini qoʻllaymiz.

    Nima his qilasizLaboratoriyada. Sizdan hech narsa talab qilinmaydi.

  5. 05

    Urugʻlantirish

    16 soat

    Sogʻlom urugʻlantirish mikroinʼektsiyadan keyingi 16 soatda mikroskop orqali baholanadi.

    Sogʻlom urugʻlantirilgan tuxum hujayralar mikroskop ostida ikkita yadro (2 ta yadro; 2 PN) hosil qilish uchun kuzatiladi.

    Nima his qilasizNatijani telefon orqali bildiramiz.

  6. 06

    Embrion sifatini baholash

    5 kun

    Urugʻlantirilgandan keyingi kun embrionlar boʻlinish holati baholanadi.

    Soʻngra, embrionlar soni va sifatiga qarab, blastotsitar monitoring uchun qoldirilgan embrionlar 3-, 5- va 6-kunlarda baholash oʻtkaziladi.

    Nima his qilasizEng uzun kutish. Biz har kuni xabar beramiz.

  7. 07

    Embrion transferi

    5-10 daqiqa

    EKU da ayolning bachadoniga embrionlarni joylashtirish bosqichi odatda tayyorgarlik bilan birga oʻrtacha 5- 10 daqiqa davom etadi.

    Embrion transferi qanday amalga oshiriladi:

    Nima his qilasizOgʻriqsiz. Bir necha soat dam olasiz.

  8. 08

    EKU da homiladorlik testi

    10-12 kun

    EKU bosqichlarining oxirgisi boʻlgan homiladorlik testi transfer kunidan 10-12 kun oʻtgach amalga oshiriladi.

    Homilador boʻlgan bemorlarda qon homiladorlik testi 2 kunlik interval bilan tekshiriladi.

    Nima his qilasizKutishning eng ogʻir qismi. Yolgʻiz emassiz.

Ochiq maʼlumot

Natijalarni eʼlon qilamiz

Oʻzbekistondagi klinikalarning deyarli hech biri muvaffaqiyat koʻrsatkichini eʼlon qilmaydi. Biz qilamiz, va qanday hisoblanganini ham aytamiz.

75%

Klinikamiz koʻrsatkichi

Klinika hisoboti asosida, barcha yosh guruhlari boʻyicha umumiy koʻrsatkich.

Oʻz ehtimolingizni bilib oling

Yosh boʻyicha xalqaro koʻrsatkichlar

har bir transferga
  • 35 yoshgacha60-70%
  • 35-37 yosh45-55%
  • 38-40 yosh30-40%
  • 40 yoshdan katta20-40%

Yuqoridagi oraliqlar - Turkiya va xalqaro klinikalarning eʼlon qilingan koʻrsatkichlari. Ular sizga real kutilmani belgilashga yordam beradi. Aniq ehtimolingiz AMG, antral follikula soni va erkak omiliga bogʻliq holda birinchi koʻrikda aytiladi.

Laboratoriya va muolajalar

Yigirmadan ortiq usul. Qaysi biri kerakligini birinchi koʻrikdagi tahlillar hal qiladi, ilgari emas.

Asosiy muolajalar

EKU siklining oʻzagi. Har bir bemorga protokol alohida tanlanadi.

Andrologiya

Erkak omili boʻyicha jarrohlik va laboratoriya yechimlari.

Qoʻshimcha usullar

Asosiy siklga qoʻshiladigan usullar. Har biri aniq bir sabab bilan taklif qilinadi, hammaga emas.

Genetika

Embrion koʻchirilishidan oldin xromosoma va gen tekshiruvlari.

Diagnostika

Nega oldingi urinishlar natija bermaganini aniqlash.

Jarrohlik

Endoskopik va ginekologik aralashuvlar.

Biz haqimizda

2020-yilda Oʻzbekistonda rasmiy ravishda ish boshlagan Istanbul EKU Markazi, mamlakatimizdagi birinchi rasmiy litsenziyaga ega sunʼiy urugʻlantirish markazi hisoblanadi.

Istanbul EKU Markazi turkiyalik professional shifokorlar jamoasi bilan xizmat koʻrsatadi. Ular sunʼiy urugʻlantirish va ayollar salomatligi boʻyicha xalqaro darajada tan olingan mutaxassislardir.

Markaz eng soʻnggi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan boʻlib, bemorlarning ehtiyojlariga mos ravishda xizmat koʻrsatadi.

Litsenziya olingan
2020
Klinikalar
4
Qabulga yozilish

Oʻz embriologiya laboratoriyamiz

Ekstrakorporal urugʻlantirishda muvaffaqiyat siri ilgʻor embriologiya laboratoriyasiga ega boʻlishdir. Embriologlar, reproduktologlar, genetika mutaxassislari va hamshiralar birgalikda tashxis qoʻyadi.

Ilmiy va amaliy seminarlar

Istanbul EKU Markazi shunchaki klinika emas, balki muloqot va tajriba almashish uchun ochiq markaz. Reproduktiv tibbiyotdagi soʻnggi yutuqlar muntazam muhokama qilinadi.

Maxfiylik va xavfsizlik

Bemorlarning shaxsiy hayoti va axborot xavfsizligiga katta ahamiyat beramiz. Hech qanday holatda bemorlarimiz haqidagi maʼlumotlar uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Qadriyatlarimiz

  • Axloqiy tamoyillarga sodiqlik, barcha munosabatlarda ishonch va halollik.
  • Reproduktiv fanda tasdiqlangan texnologiyalarni kashshof sifatida qoʻllash.
  • Jamoaviy ish: barcha shifokorlar muntazam yigʻilib, qiyin holatlarni birgalikda hal qiladi.
  • Bemorlarimiz bizning oilamiz, biz ular bilan uzoq muddatli munosabat quramiz.

Sizni kim davolaydi

Turkiyalik reproduktologlar va embriologlar, doimiy ravishda klinikalarimizda.

Op. Dr. Fethiye ErsanToshkent

Op. Dr.

Fethiye Ersan

Reproduktolog, akusher-ginekolog

Turkcha, Fransuzcha

Op. Dr. İlter YenidedeSamarqand

Op. Dr.

İlter Yenidede

Reproduktiv tibbiyot mutaxassisi

Turkcha, Inglizcha

Op. Dr. Tonguç GündüzXoʻjand

Op. Dr.

Tonguç Gündüz

Akusher-ginekolog

Turkcha, Inglizcha

Op. Dr. Sagdiyeva DilafruzToshkent

Op. Dr.

Sagdiyeva Dilafruz

Reproduktolog, ginekolog

Ruscha, Oʻzbekcha

Samarqand

Op. Dr.

Bekirova Chimnaz Fikriyevna

Ginekolog

Oʻzbekcha, Ruscha, Tojikcha, Turkcha

Toshkent

Op. Dr.

Botur Shodiyev

Reproduktolog, ginekolog

Turkcha, Inglizcha, Ruscha, Oʻzbekcha, Tojikcha

Urganch

Op. Dr.

Murat Bilgin

Reproduktolog, ginekolog

Turkcha, Inglizcha

Maʼlumot koʻrsatilmagan

Op. Dr.

Gulchehra Avazova

Ginekolog

Turkcha, Ruscha, Oʻzbekcha, Tojikcha

Barcha shifokorlar

Toʻrtta klinika

Viloyatlardan keladigan bemorlar uchun koʻriklar bir necha kunga zichlashtiriladi. Kelishdan oldin qoʻngʻiroq qiling.

Xoʻjand klinikasi

Xoʻjand

Rahmon Nabiyev koʻchasi, Xoʻjand City yangi binosi, blok V1, Tojikiston

+992 99 666 06 06
Xoʻjand klinikasi joylashgan joy xaritada
Rahmon Nabiyev koʻchasi, Xoʻjand City yangi binosi, blok V1, TojikistonYoʻnalish

Testdan keyin nima boʻladi

EKU homiladorlik bilan tugamaydi. Qirq haftalik yoʻlning har bosqichida nimaga eʼtibor berish kerakligini oldindan bilasiz.

Birinchi trimestr

0.4 kg - 2.0 kg

  1. 4-hafta

    Sogʻlom ovqatlanish, muntazam shifokor koʻrigi, ogʻir jismoniy yuklamadan saqlanish.

  2. 9-hafta

    Folat kislotasi davom etadi. Oqsil va temirga boy ovqatlanish.

  3. 13-hafta

    Kofeinni kamaytirish. Piyoda yurish kabi yengil harakat.

Ikkinchi trimestr

2.0 kg - 8.0 kg

  1. 18-hafta

    Temir va kalsiyga eʼtibor. Ovqatlanish rejimini saqlash.

  2. 22-hafta

    Bel ogʻrigʻi va oyoq shishi kuzatiladi. Oyoqni baland qilib dam olish.

  3. 27-hafta

    Qon bosimini nazorat qilish. Chap tomonlama yotish qon aylanishini yaxshilaydi.

Uchinchi trimestr

8.0 kg - 13.6 kg

  1. 31-hafta

    Tugʻruq belgilarini kuzatish. Tugʻruq rejasini tayyorlash.

  2. 36-hafta

    Kasalxonaga kerakli narsalarni oldindan yigʻish.

  3. 40-hafta

    Shifokor bilan doimiy aloqada boʻlish.

Videolarimiz

Klinikalarimiz ichidan va homiladorlikning har haftasi haqida qisqa videolar.

YouTube kanalimiz

Koʻp beriladigan savollar

  • Bitta toʻliq sikl odatda 4-6 hafta davom etadi: stimulyatsiya 8-12 kun, keyin tuxum yigʻish, 5 kun embrion oʻsishi va transfer. Test transferdan 10-12 kun oʻtib olinadi.

Birinchi qadam - suhbat

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz va birinchi koʻrik uchun vaqt belgilaymiz.

[email protected]

Shu raqamga qoʻngʻiroq qilamiz.

Qaysi klinika sizga yaqin

Maʼlumotlaringiz uchinchi shaxslarga berilmaydi va faqat qoʻngʻiroq qilish uchun ishlatiladi.