Asosiy tarkibga oʻtish
Istanbul EKU Markazi

Embriologiya laboratoriyasi

Endoskopik va ginekologik aralashuvlar.

Ushbu sahifada

Embriologiya Laboratoriyasi

Sunʼiy urugʻlantirish amaliyotlarida muvaffaqiyatga taʼsir koʻrsatuvchi eng muhim unsurlardan biri, embriologiya laboratoriyasining sifati va embriologlarning professionalligidir. Bahcheji kompaniyasi investisiyalarining bir qismini texnologik infrastrukturasini doimiy ravishda rivojlantirish va embriologiya laboratoriyalarini, eng oxirgi texnologiyalarga mos jihozlar bilan kuchaytirish uchun sarflamoqda.

Reproduktiv tibbiyot sohasidagi eng oxirgi natijalar, Bahcheji kompaniyasining laboratoriyalari mavjud boʻlgan davlatlarda birinchi boʻlib Bahcheji laboratoriyalarida bemorlarning xizmatiga taqdim qilinmoqda. Shu bois boshqa hech qaysi markazda qoʻllanilmagan test va usullar Bahcheji kompaniyasida qoʻllanilmoqda.

Har biri yuqori saviyada tajribaga ega boʻlgan 40dan ortiq embriolog va laboratoriya texnik xodimlari xizmat koʻrsatayotgan markazlarimizda samaradorligi isbotlangan barcha usul va texnikalar muvaffaqiyatli ravishda qoʻllanilmoqda. Ayni paytda tomonimizdan amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy hamkorliklarimiz bilan bemorlarimizga yanada samarali muolaja imkoniyatlarini taklif qilish uchun qilayotgan harakatlarimiz toʻxtovsiz davom etmoqda.

Bu usul sizga mos keladimi?

Qaysi usul kerakligini tahlillar hal qiladi, oldindan emas. Birinchi koʻrikdan keyin sizga aniq reja taklif qilinadi.

Shifokor bilan gaplashish

Birinchi qadam - suhbat

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz va birinchi koʻrik uchun vaqt belgilaymiz.