Ushbu sahifada
Takroriy Homila Tushib Qolishi
Homiladorlikning 20-haftasidan oldin homilaning yoʻqolish hodisasiga homilaning tushib qolishi deb aytiladi. Onalikka nomzod ayolning yoshi katta boʻlishi homilaning tushib qolishida muhim risk faktori hisoblanadi. Orqama orqa 3 va undan ortiq marta homilaning yoʻqolishi yuz bergan hodisalarga esa takroriy homila tushib qolishi deb aytiladi va bu hodisaning yuz berish koeffisienti 1%dan iboratdir.
Takroriy Homila Tushib Qolishining Sabablari
• Bachadondagi strukturaviy buzilishlar va bachadon boʻynining yetarsizligi
• Xromosomal buzilishlar
• Infeksiyalar
• Gormonal buzilishlar
• Immunitet tizimi kasalliklari
• Atrof muhitga bogʻliq va boshqa faktorlar
Takroriy homila tushib qolishi uchun qoʻllaniladigan testlar bilan homilaning tushib qolish sababini aniqlash mumkin. Bu testlar quyidagilardir:
• Oilaviy juftlarning kariotip analizi yani qondagi xromosoma tekshiruvi.
• Bachadon bilan bogʻliq muammolarni aniqlash uchun ultratovush diagnostikasi, bachadon rentgeni (gisterosalpingografiya) va kerak boʻlsa gisteroskopiya.
• Immunologik (immunitet tizimi bilan bogʻliq) sabablarni aniqlash uchun qondagi antifosfolipid antikorlarining (lupus antikoagulyant, antikardiolipin antikorlari) tekshiruvi.
• Qalqonsimon bez testlari, och qondagi glyukoza yoki glyukozaga tolerantlik testi.
• Trombofiliyani (quyuqlashishga moyillik) aniqlash uchun ayolning qonidagi baʼzi omillarning (Antitrombin III, protein C, protein S, gomosistein, V Leyden faktori mutatsiyasi) oʻrganish.
• Infeksiya tekshiruvi uchun vaginal ekish usuli.
Homila Tushib Qolishining Belgilar Nimalar?
Homilaning tushib qolishida eng koʻp uchraydigan belgi bu vaginal qon kelishidir. Qon kelishi holatidan boshlab koʻpayib boradi va qon quyulib yigʻilib qolishi shaklida boʻlishi mumkin va shu bilan birga tortishib ogʻriq berishi ham mumkin. Homila tushib qolgan deb tashxis qoʻyish uchun ultratovush diagnostik tekshiruvi yetarli boʻladi. Qon kelishi koʻpayib borib homila butunlay tashqariga chiqarib yuborilishi mumkin va bunday holatlarda ultratovushli diagnostika orqali ichkarida qolib ketgan toʻqima yoʻqligi aniqlansa va qon kelishi koʻp boʻlmasa abort qilmaslik ham mumkin. Lekin baʼzan homilaning bir qismi tashqariga chiqariladi xolos va bunday holatlarda abort yoʻli bilan bachadonda qolib ketgan toʻqimalar tozalab tashlanishi kerak.
Takroriy Homila Tushib Qolishi va Sunʼiy Urugʻlantirish Muolajasi
Farzand koʻrishni istaydigan juftliklarning 5%ga yaqin qismi takroriy homila tushib qolishi sababli farzand koʻra olmaydılar. Sunʼiy urugʻlantirish muolajasi orqali genetik (irsiy) sabablarga koʻra homila tushib qoladigan holatlarda ijobiy natijalar olish mumkin. Takroriy homila tushib qoladigan holatlarda anʼanaviy sunʼiy urugʻlantirish muolajasidagi jarayonlar amalga oshiriladi. Olingan bir nechta embrionlarda PGS testi (preimplantasion genetik (irsiy) skanerlash) qoʻllanilib genetik (irsiy) nuqtai nazardan eng sogʻlom embrionlar tanlab olinadi. Shu yoʻl bilan homilador boʻlish ehtimoli oshadi.
Markazlarimizda qoʻllaniladigan “individual muolaja” uslublari yordamida homilaning tushib qolishiga sabab boʻluvchi omillar aniqlanib onalikka nomzod shaxs uchun mos keluvchi eng toʻgʻri muolaja rejalashtiriladi. Rivojlangan embriologiya laboratoriyamiz va oʻz sohasining ustasi boʻlgan shifokor va embriologlarimizning puxta ishlashi natijasida eng ogʻir holatlarda ham homiladorlik muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Takroriy homila tushib qolishi bilan bogʻliq maʼlumot olish uchun biz bilan bogʻlanib, shifokorlarimizdan birlamchi konsultasiya olishingiz mumkin 55 512 22 21
Bu sizda boʻlishi mumkinmi?
Oʻzingizga tegishli boʻlganini belgilang.
Shu holat sizda boʻlishi mumkinmi?
Aniq javobni faqat tekshiruv beradi. Birinchi koʻrikda ultratovush, gormon tahlillari va zarur boʻlsa erkak omili ham baholanadi.
Qabulga yozilish
