Asosiy tarkibga oʻtish
Istanbul EKU Markazi

Yosh faktori

35 yoshdan keyin tuxum hujayralari soni va sifati tabiiy ravishda kamayadi.

Ushbu sahifada

Yosh faktori

Yoshi oʻtgan sari ayollarda nasl berish qobiliyati pasayadi. Ushbu kamayish 30 yoshdan keyin boshlanadi, 40 yoshtan keyin tezlashadi. Tugʻish darajasi kamayishi sababi ayollar tugʻilganda maʼlum miqdorda tuxum hujayrasiga ega va bu raqam vaqt oʻtishi bilan kamayadi.

Yoshi katta ayollarning homiladorligi bilan bogʻliq yana bir muhim narsa - bu tuxum hujayrasining sifatining pasayishi hisoblanadi. Ushbu mavzu boʻyicha raqamlar quyidagicha: Bir yil ichida jonli tugʻilishga olib keladigan homiladorlikni olish darajasi 30 yoshdagi ayollarda 75%, 35 yoshda 66% va 40 yoshda 44% ni tashkil qiladi.

Boshqa sabablar:

Endometrioz (shokolad kistasi)

Tuxum Rezervasining pastligi va erta menopauza

Polikistik sindrom

Naycha Obstruktsiyasi (yopiq truba)

Ovulyatsiya buzilishiga olib keladigan endokrin kasalliklar

Yoshi katta ayollarda EKU muolajasi

Yoshi katta ayollarni tekshirish va davolash bosqichlarida vaqtni yoʻqotmaslik juda muhimdir. Agar ayol 35 yosh va undan katta boʻlsa 6 oy, 40 yosh va undan katta boʻlsa 3 oy davomida himoyalanmagan va doimiy jinsiy aloqaga qaramay homiladorlik yuz bermagan boʻlsa, shifokorga murojaat qilish kerak. Bu er-xotin umumiy salomatligiga qarab oʻzgaradi va yoshi katta bemorlarda EKU muolajasi bilan homiladorlik olish mumkin.

Suniy urugʻlantirish markazi ilgʻor embriologiya laboratoriyasiga ega boʻlsa va muzlatish / eritish texnikasi qanchalik yaxshi qoʻllanilsa, homiladorlik olish imkoniyati shunchalik katta boʻladi. Istanbul EKU Markazining barcha filiallarida tajribali mutaxassislar, ilgʻor embriologiya laboratoriyasi va muvaffaqiyatlarni oshirish usullari bilan hozirgi kunga qadar minglardan ortiq oilalariga quvonchli xabar berganimizdan xursandmiz.

EKU muolajasida nechta embrion oʻtkaziladi?

EKU qoidalariga koʻra, 35 yoshgacha boʻlgan ayollarda birinchi 2 EKU davolashda yagona embrion, keyingi EKU davolashda 2 embrion, 35 yoshdan oshgan ayollarda 2 ta embrionni oʻtkazish mumkin.

EKU muolajasida muvaffaqiyatni oshirish usullari:

Embriyoskop (Embrionning doimiy monitoring tizimi)

NGS (Genetika tekshiruvi)

Hovuz usuli

Sunʼiy intellekt bilan sifatli erkak urugʻini tanlash

Bu sizda boʻlishi mumkinmi?

Oʻzingizga tegishli boʻlganini belgilang.

Shu holat sizda boʻlishi mumkinmi?

Aniq javobni faqat tekshiruv beradi. Birinchi koʻrikda ultratovush, gormon tahlillari va zarur boʻlsa erkak omili ham baholanadi.

Qabulga yozilish

Birinchi qadam - suhbat

Ismingiz va telefon raqamingizni qoldiring. Bir ish kuni ichida qoʻngʻiroq qilamiz va birinchi koʻrik uchun vaqt belgilaymiz.